Maktab tarixi

Qarshi shahar 5-umumiy o`rta ta`lim maktabining qisqacha tarixi. Qarshi shahar 5-umumiy o`rta ta`lim maktabi binosi 1955yilda qurilib bitkazildi va ishga tushgan. Qurilishda S.Toshev rahbarlik qilgan . Maktab binosi zamonaviy tarzda qurilgan bo`lib barcha qulayliklarga ega edi. Maktab tashkil etilga dastlabki yili 755 nafar o`qituvchi tahsil olgan, darslar ozbek va rus tilida olib borilgan . Maktabning faqat bosh binosi mavjud bo`lib, o`quvchilar faqat shu binoda bilim olganlar. Maktabning birinchi direktori bo`lib Beshkent tumanidan Ortiqov bir yil ishlagan. 1956yilda maktab direktori etib I.Shukurov tayinlandi. Qarshi shahridagi eng ilg`or o`quvchilar ishga taklif etilgan bo`lib, ular o`z bilim tajribalarini o`qituvchilarga etkazar edilar. Ular orasida ona tili va adabiyot o`qituvchilari: R. Ibatulina H.Yo`ldosheva rus tili o`qituvchilari, V. Kotlerovskaya, E.Klinkina matematika o`qituvchilari E. Ashurov, Vlasova fizika o`qituvchilari V.Dryubiva, E.Zoirov tarix o`qituvchilari I.Shukurov, N.Bozorova ximiya biologiya o`qituvchilari Ustayev Y, Samigulina M,boshlang`ich ta`lim o`qituvchisi Kanzafarova va boshqa fan oqituvchilari bor edi. Maktab bir-ikki yil ichida shahrimizdagi ilg`or maktablaridan biriga aylandi. Ayniqsa fan olimpiyadalari, sport, o`lkani o`rganish sohalarida katta yutuqlarni qo`lga kirita boshladi.S.Ismoilova fizikadan butunittifoq,M.Sharopova matematikadan respublika fan olimpiadasida,V.Limanskiy respublika sport musobaqasida muvoffaqiyatli ishtirok etdilar. Maktab o`lkashinoslik va sport soxasida shaharda birinchi o`rinni egalladi.Viloyat neft va gaz konlari, viloyat hukumat maydonining maketlari yuqori baxolarga sazovor bo`ldi. Maktabda faoliyat ko`rsatgan bir qator o`qituvchilar va o`quvchilar so`ngi yillarda maktab raxbarlari lavozimida ko`tarilgan. Misol tariqasida E.Kalinina, E.Zoirov, Y.Ustayev, N.Labodina, S.Axadov, A.Abdullayev, S.Nasimov, X.Fayziyeva, T.Mamatova, G.Kenjayeva kabilar maktablarda derektor bo`lib faoliyat ko`rsatadilar. Maktab o`quvchilaridan ko`plab ilmiy,olimlar,yetishib chiqdilar: J.Qurbonov, Ibragim Xujayev, Ergasheva, B.Xoliyev, Xudoyqulov, R.Kenjayev Tibbiyot xodimlari: Sag`diev, Shodiyeva, Xatamova ta`lim xodimlari: Xamrayeva ,Murtozova ,Sharopova, Sharopov quruvchilar: M.Salomov, Ashurov, Abdukarimov, Raximov savdo va sanoat xodimlari: Qilichov, Qurbonov, Y.Ashurov, Abdukarimov , Rahimov savdo va sanoat xodimlari: Qlichev , Qurbonov, Yarashev To`raqulova kabi obro` etiborli kishilar etishib chiqqan. 1969yilning noyabr oyidan maktabda Sharofat Sohibnazarova direktor etib tayinlangan va 1984 yilga qadar direktorlik vazifasini davom ettirgan. 1985 yilning mart oyidan maktabda S.Tog`ayeva maktabga direktor etib tayinlangan. S.Tog`yeva direktorlik faoliyati davomida bir qator yangilgiklar yaratilgan. Maktabda matematika , ona tili , chet tili , rus tili , mehnat yo`nalishidagi chuqurlashtirilgan sinflar tashkil etildi. Bu sinflarda taxsil olgan o`quvchilar maktabni tamomlagandan so`ng yoppasiga oily o`quv yurtlariga kira oldilar. Ko`pchilik o`quvchilar chet ellarda tahsil olishga erishdilar: Qodir Norqobilov – Yaponiyada, Zafar Elev – AQShda, Farrux Tog`ayev, Otabek Xaydarov, Ulug`bek Sag`diyevlar – Turkiyada tahsil olib hozirgi kunda mamlakatimizni turli javhalarida mehnat qilib . Qashqadaryoda xussiy maktabiga asos solib ketdi. Yahshi ko`rsatgichga ega bo`lgan o`qituvchilar Davlat orden va medallariga sazovor bo`ldilar: matematika o`qituvchisi R.Sodiqova 1-darajali sog`lom avlod ordenli, matematika o`qituvchisi M. Sharopova “Shuxrat” medali , maktab direktori S.Tog`yeva, Chet tili o`qituvchisi I. Axmedova fizika o`qituvchuiisi M.Qiyomova “O`zbekiston xalq ta`limi a`lochisi” nishoni bilan taqdirlandilar.2017 yil Muhabbat Sharopova O`zbekiston qaxramoni unvoni bilan taqdirlandi. 2005yilning yanvar oyida Abdullayev Abrurahmon Qoimovich maktab direktori etib tayinlanib 2021 yanvariga qadar direktor vazifasida ishlab, xozirgi kunda nafaqada . 2021 yilning fevral oyidan Xolov Laziz Tursunpo`latovich drektorlik vazifasiga tayinlandi. Hozirgi kunda maktabda 1600 nafardan ziyod o`quvchi taxsil olmoqda va ularga 90dan ortiq o`qituvchilar sifatli ta`lim bermoqdalar.